Milan darvozasiga mavsumda eng ko'p penalti belgilandi

Milan darvozasiga mavsumda eng ko'p penalti belgilandi

A Seriyadagi so'nggi uchrashuvida «Milan» yana penalti orqali gol o‘tkazib yubordi — bu «Roma»ga qarshi bahsda yuz berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu joriy mavsumda «rossonerilar» darvozasiga belgilangan yettinchi penalti hisoblanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu ko‘rsatkich Italiya chempionatining oliy divizionida ishtirok etayotgan barcha jamoalar orasida eng yuqorisi. «Napoli» va «Udineze»ga qarshi olti tadan penalti tayinlangan, turnir jadvali peshqadami bo‘lib turgan «Inter» darvozasiga esa besh marta 11 metrlik zarba belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi turda «Milan» «Bolonya» bilan to‘qnash keladi. Hozirda klub A Seriyada ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.