Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning formasidan norozi bo'ldi

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning formasidan norozi bo'ldi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes «Milan»ni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo'l oldi. Biroq u yangi jamoasi «Al-Hilol» safida kutilgan darajada porlay olmayapti va bu holat muxlislarning keskin noroziligiga sabab bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda futbolchi navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so'rab, vaziyatni yumshatmoqchi bo'ldi. Ammo javob tariqasida u izohlarda o'z manziliga qattiq tanqidlarni eshitdi.

Muxlislar Teoning uzr so'rashlari zeriktirib yuborganini, u semirib qolganini va avvalgidek yugurmay qo'yganini yozishdi. Shuningdek, u maydonda faqat "raqamini o'tab yurgani" ko'rinib qolayotgani, buni hatto Saudiya chempionatida ham payqash mumkinligi ta'kidlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.