Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy qo‘l ostidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi o‘yinda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqich 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan gol 78-daqiqada urildi — yaponlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu «Shanxay Shenxua» uchun musobaqadagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onani egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.