Fenerbahche N'Golo Kante uchun 4 mln yevro taklif qiladi

Fenerbahche N'Golo Kante uchun 4 mln yevro taklif qiladi

Fransuz tayanch yarim himoyachisi N’Golo Kante yana Yevropaga qaytishi mumkin. 34 yoshli futbolchi hozirda Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Ittihod» safida to‘p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sports Digitale xabariga ko‘ra, tajribali futbolchiga Istanbulning «Fenerbahche» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turkiya grandi rahbariyati Kanteni transfer qilish uchun 4 million yevro ajratishga tayyor.

Qayd etilishicha, yarim himoyachining Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Joriy mavsum Saudiya chempionatida Kante 18 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.