Brest Loryanning muvaffaqiyatli seriyasiga yakun yasadi

Brest Loryanning muvaffaqiyatli seriyasiga yakun yasadi

Fransiya Liga 1ning 21-turida «Brest» o'z maydonida so'nggi haftalarda formaga kirib olgan «Loryan»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida Remi Laskari hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi.

Ikkinchi taym boshida Laskari xatosini tuzatdi: 50-daqiqada u riko'shet yordamida to'pni darvozaga yo'llab, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Keyinroq, 77-daqiqada «Brest» qarshi hujumda Lyudovik Ajorkning goli evaziga ustunlikni ikki baravar oshirdi — 2:0.

Ushbu natijadan so'ng «Loryan» turnir jadvalida 9-o'rinda qoldi, «Brest» esa 12-pog'onaga joylashdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.