Ronaldu o‘ynamagan o‘yinda Al-Nasr yirik g‘alaba qozondi

Ronaldu o‘ynamagan o‘yinda Al-Nasr yirik g‘alaba qozondi

Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” yetakchisisiz ham ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o‘yinida ham zafar quchdi: Tojikistonda “Istiklol” 4:0 hisobida tor-mor etildi. Natijada “Al-Nasr” guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining peshqadam sifatida keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni ulashdi va unga ikki emoji — olov hamda qarsak belgilarini qo‘shdi.

40 yoshli Ronaldu “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomaga ega, kelishuv 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston haqida tarqalgan soxta xabar muhokama qilinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.