The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan tarixdagi 100 nafar eng yaxshi futbolchi reytingi keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Unga ko'ra, kuchli o'nlik quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.
Mutaxassislar bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyinligini ta'kidlashadi. Reddit'dagi izohlarda futbol ishqibozlari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'ringa qo'yilganidan noroziligini yashirmadi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













