Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua OChLda yana yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua OChLda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qildi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda “Sanfrecce Hirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba yo‘lladi. Bu natija “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi hisobida 4 ochko bor va u jadvalda 11-o‘rinni egallab turibdi. “Hirosima” esa 11 ochko bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.