Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana maglub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda Yaponiyaning «Xirosima» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 78-daqiqada kiritildi — «Xirosima» himoyachisi Hayato Araki raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi hisobida 4 ochko bor va klub jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













