O‘zilning «Arsenal»ga o‘tish rejasi kimdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

O‘zilning «Arsenal»ga o‘tish rejasi kimdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
O‘zilning «Arsenal»ga o‘tish rejasi kimdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

\"Arsenal\" jamoasi futbolchisi Mesut O‘zil uzoq yillik sirini oshkor qildi. Bu sir uning \"Real\"dan \"Arsenal\"ga o‘tishi borasida bo‘lib, Mesutning bundan boshqa chorasi qolmagandi.

O‘sha paytda u zaxira o‘rindig‘ida qolib ketgach, O‘zil nima qilarini bilmagan. Hatto biroz qo‘rqqan ham. Yaxshisi, buni o‘zidan eshitamiz.

— Zaxira o‘rindig‘iga olinganimni eshitib, qo‘rqib ketdim. Keyin kelajagim uchun o‘zim harakat qilishim kerakligini tushundim, — deydi O‘zil. — Avvaliga qiyin bo‘lishini bilsam ham, Arsen Vengerga qo‘ng‘iroq qildim. \"Janob Venger, boshqa jamoa qidirayotganimni birinchi navbatda sizga aytishga qaror qildim\", dedim. Aslida \"Real\"dan \"Arsenal\"ga o‘tishim men uchun eng og‘ir qaror edi. \"Real\" bilan EChLda g‘olib chiqib, dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lishni juda istardim. Ammo zaxirada ham qololmasdim. Venger esa meni tushundi va jon deb klubga olishini aytdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.