Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubi yarim himoyachisi Denis Makarov jarohat oldi va hozircha qachon maydonga qaytishi noma’lum. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar o‘rta guruhida yengil shikastlanish hamda shish aniqlangan. Klub xabarida davolanish jarayoni davom etayotgani ta’kidlandi.

Makarov «Kayserispor» safida 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi uchrashuvda debyut qilgandi. O‘yin 0:4 hisobida yakunlangan, jamoa esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq Makarov Moskvaning «Dinamo» klubida to‘p surgan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.