Al-Nasr Ronalduning ikki talabini bajarib, murosaga keldi

Al-Nasr Ronalduning ikki talabini bajarib, murosaga keldi

Krishtianu Ronaldu jamoa ichidagi norozilik kayfiyatini yakunlamoqda. Portugaliyalik yulduz dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Bola xabariga ko‘ra, «Al-Nasr» rahbariyati Ronaldu bosimi fonida ikki muhim masalada yon berdi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so‘nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi. Shuningdek, Ronalduga yaqin hisoblangan sport bo‘limi vakillari — Joze Semedu va Simau Kontinyo — o‘z vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq bu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasi jarayonida asosiy rol o‘ynay olmagan edi.

Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi «Al-Hilol»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.