Slutskining Shanxay Shenxua jamoasi Osiyoda yana yutqazdi

Slutskining Shanxay Shenxua jamoasi Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvni ochkosiz yakunladi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yin taqdirini 78-daqiqada kiritilgan gol hal qildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu mag‘lubiyat «Shanxay Shenxua» uchun mazkur turnirdagi ketma-ket uchinchi yutqazish bo‘ldi.

6 turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg‘arib, uchinchi pog‘onadan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.