Pochettino APLni yutishni maqsad qilganini aytdi

Pochettino APLni yutishni maqsad qilganini aytdi

«Tottenhem»ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya Premyer-ligasini juda sog‘inganini yashirmadi. Mutaxassis APLga albatta qaytish niyatida ekanini ta’kidladi va vaqt o‘tgani sari bu maqsadga yanada tayyor bo‘lib borayotganini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Men yana urinib ko‘raman. APLni yutish — orzum. Qaysi klub bilan va qachon bo‘lishini bilmayman, ammo bunga tayyorman. Hozir murabbiylik faoliyatimning eng kuchli davridaman», — deya Pochettinoning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Ayni paytda Pochettinoning sobiq jamoasi — Londonning «Tottenhem» klubi chempionat jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.