Ronaldu Al-Nasr g‘alabasiga ikki emoji bilan javob berdi

Ronaldu Al-Nasr g‘alabasiga ikki emoji bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Biroq sardorsiz ham «Al-Nasr» ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o‘yinini ham yutdi: Tojikistonda «Istiqlol» 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi.

Uchrashuvdan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr» guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi. Krishtianu postga ikki emoji — olov va olqish —ni qo‘shdi.

40 yoshli futbolchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston bilan bog‘liq soxta xabar muhokama qilinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.