Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqich 6-turida ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda Yaponiyaning «Xirosima» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba berdi. Natijada «Shanxay Shenxua» uchun bu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.

Olti turdan so'ng Slutskiy shogirdlari 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onadan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.