Ronaldu bosimi Al-Nasr rahbariyatida isteʼfoga olib keldi

Ronaldu bosimi Al-Nasr rahbariyatida isteʼfoga olib keldi

Al-Nasrda Krishtianu Ronaldu bilan bogʻliq vaziyat ortidan navbatdagi kadrlar oʻzgarishi kuzatildi. Arriyadiyah xabariga koʻra, klub direktorlar kengashi raisi Muhammad al-Skit lavozimini tark etish haqida ariza berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada aytilishicha, funksioner isteʼfosini shaxsiy sabablarga bogʻlagan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan.

Avvalroq Al-Nasr Ronalduga yaqin hisoblangan portugaliyaliklar — Jozé Semedu va Simao Koutinyo vakolatlarini qayta tiklagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, yulduz hujumchiga klub ichidagi muammolarni tartibga solish bo‘yicha vaʼdalar berilgani aytiladi.

Qayd etilishicha, Al-Nasr boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar davom etadi. Jamoa hozir turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.