Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo'lni tanladi

Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo'lni tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transferlar bo'yicha yo'nalishini belgilab oldi. The Touchline xabariga ko'ra, nemis grandi xavfi past, biroq kelajakda katta foyda berishi mumkin bo'lgan futbolchilarga ustuvorlik bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub bir nechta yosh ijrochilarni tarkibga qo'shishni maqsad qilgan: ular yoki darhol asosiy jamoaga yordam beradi, yoki keyinchalik sotuv orqali daromad keltirishi mumkin.

Shu bois «Bavariya» bu yil transfer bozorida katta yulduzlarni olib kelishni ko'zlamayotgandek. Bunday yondashuv jamoaga ayni paytda ham, kelajak rejalarida ham mos tushadimi — savol ochiq.

Hozircha myunxenliklar Bundesligada peshqadam bo'lib turibdi va asta-sekin Chempionlar ligasi 1/8 finalining mart oyidagi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Raqib esa qish yakuniga yaqin ma'lum bo'ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.