Nepomnyashchiy Safonovni yosh futbolchilarga namuna deb atadi

Nepomnyashchiy Safonovni yosh futbolchilarga namuna deb atadi

Rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovni yosh futbolchilar uchun ibrat sifatida ko'rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nepomnyashchiyning ta'kidlashicha, Safonovning Parij klubida asosiy darvozabonga aylangani quvonarli holat. Murabbiy Matvey uzoq vaqt o'yin amaliyotisiz qolgan bo'lsa-da, taslim bo'lmagani va maydondagi ishonchli o'yini bilan o'zini to'liq isbotlaganini aytdi. Bu fikrlarni «RB Sport» keltirdi.

26 yoshli posbon joriy mavsum Fransiya Ligasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol o'tkazib yubordi. Yana 2 o'yinda u darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Shuningdek, Safonov Chempionlar Ligasida 2 bahsda ishtirok etib, 1 ta gol o'tkazdi.

Safonovning fransuz grand bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.