Liverpul Barselona himoyachisi Jyul Kundeni olishni istamoqda

Liverpul Barselona himoyachisi Jyul Kundeni olishni istamoqda

"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Daily Mail xabariga ko'ra, fransuz futbolchiga "Liverpul" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qizillar" 27 yoshli himoyachi transferi bo'yicha yozda rasmiy taklif kiritishni rejalashtirmoqda va kelishuv uchun 80 million yevro ajratishga tayyor.

Kunde 2022 yilda "Sevilya"dan "Barselona"ga 50 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 35 o'yinda maydonga tushib, 3 gol urdi va 2 assist qayd etdi. Transfermarkt himoyachining bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.