Denis Makarov Kayserispor safida jarohat oldi

Denis Makarov Kayserispor safida jarohat oldi

Turkiyaning "Kayserispor" klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa bayonotida aytilishicha, tibbiy ko‘rik natijasida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil jarohat va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Makarov "Kayserispor" safidagi debyutini 3 fevral kuni "Galatasaray"ga qarshi o‘yinda o‘tkazgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan, Makarovning jamoasi esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq yarim himoyachi Moskvaning "Dinamo" klubida o‘ynagan va u yerdan erkin agent sifatida ketgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.