Endrikning to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkasi bekor qilindi

Endrikning to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkasi bekor qilindi

Fransiyada intizomiy organlar «Lion» hujumchisi Endrik bilan bog'liq epizodni qayta ko'rib chiqdi. Braziliyalik forvard Fransiya chempionatida «Nant»ga qarshi o'yinda (1:0) maydondan chetlatilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Komissiya yig'ilishi yakunida qizil kartochka sariq kartochkaga almashtirildi. Bu 19 yoshli futbolchi uchun ikkinchi ogohlantirish bo'lgani sabab, Endrik baribir bir uchrashuvga diskvalifikatsiya oladi.

Endrik bu qishda Madridning «Real» klubidan «Lion» safiga o'tdi. Tomonlar futbolchini ijara asosida rasmiylashtirgan.

Hozirga qadar u fransuz jamoasi tarkibida to'rtta o'yin o'tkazib, uchta gol va bitta golli uzatma muallifi bo'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.