Nunes arab chempionati ro'yxatidan chiqarildi, Benzema kiritildi

Urugvaylik Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni ichki musobaqalar uchun arizadan olib tashlab, yangi qo'shilgan Karim Benzemani ro'yxatga kiritishga qaror qildi. Shu bilan birga, Nunes Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun jamoa qaydnomasida qoldirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, Nunes faoliyati davomida Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan beri Urugvay terma jamoasiga jalb etib kelinadi va hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Hujumchi 2022 yilgi Qatar Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













