Jezush Ronaldo yaqin o'yinni o'tkazib yuborishini aytdi

Jezush Ronaldo yaqin o'yinni o'tkazib yuborishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, aynan shu bahsda u tarkibda bo'lmaydi.

«Zich taqvim tufayli Ronaldoga va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o'yin bor», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Murabbiy ta'kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor ishtirok etmagan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.