Klopp Realni qabul qilsa, ikki yulduz bilan xayrlashadi

Klopp Realni qabul qilsa, ikki yulduz bilan xayrlashadi

Matbuotda Yurgen Kloppning Madridning «Real» klubiga bosh murabbiy bo'lib kelishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar tinmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Germaniyalik mutaxassis mavsum yakunida lavozimini tark etishi kutilayotgan Alvaro Arbeloaga ehtimoliy o'rinbosarlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, «Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi kelasi yozda «qaymoqranglilar»ni boshqarsa, hujumchi Rodrigoni hamda yarim himoyachi Eduardo Kamavingani sotishni talab qilishi mumkin.

Rodrigo klubni tark etishni istamayapti, biroq yangi murabbiy rejalariga mos kelmasa, vaziyatni o'zgartirish variantini ko'rib chiqishi ehtimoldan xoli emas. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchining bahosi 60 million yevroni tashkil etadi. Kamavinga esa 50 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.