Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Yulduzli portugaliyalik hujumchi boykotdan keyin tez orada qaytishi kutilayotgan edi, biroq bu uchrashuvda ham u tarkibda bo‘lmaydi.

«Jadval juda zich. Shuning uchun Ronalduni ham, asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarni ham dam oldirishga qaror qildik. Oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim o‘yin bor», — dedi Jezush. Murabbiy so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Jezushning ta’kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan o‘yinlarda birinchi bor maydonga tushmayotgani yo‘q.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.