Borussiya Dortmund Mayntsni yirik hisobda mag'lub etdi

Borussiya Dortmund Mayntsni yirik hisobda mag'lub etdi

Germaniya chempionatining 22-turi Dortmundda start oldi: “Borussiya” “Maynts”ni qabul qildi. Uchrashuv boshidayoq “shmel”lar tashabbusni qo'lga olib, raqibni bosim ostida qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

10-daqiqada Yulian Ryerson ketma-ket uchta golli uzatmasidan birinchisini amalga oshirdi — Seru Girassi bosh bilan aniq zarba berib hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tib, Ryersonning navbatdagi uzatmasini Maksimilian Bayer yakunlab, farqni ikkitaga yetkazdi. Tanaffus arafasida yana Ryerson–Girassi tandemi ish berdi: hujumchi ikkinchi bor gol urib, 3:0 ni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo'limda “Maynts” darvozaboni bir necha bor jamoasini qutqarishga urinib ko'rdi: avval Feliks Nmechining xavfli zarbasini qaytardi, burchakdan keyin Sheraldo Beker urgan to'pni ham ushlab qoldi. Biroq 84-daqiqada Ryerson ijro etgan navbatdagi kornerdan so'ng to'p Dominik Kor orqali o'z darvozasiga kirib ketdi — avtogol va 4:0.

Yirik g'alabadan keyin “Borussiya” peshqadam “Bavariya”dan atigi uch ochko ortda qolmoqda. “Maynts” esa turnir jadvalining quyi qismida, pastdan beshinchi o'rinda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.