Luis Enrike Dembele tanqidiga javob qaytardi va pozitsiyasini bildirdi

Luis Enrike Dembele tanqidiga javob qaytardi va pozitsiyasini bildirdi

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike «Renn»ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin Usmon Dembele aytgan keskin fikrlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Liga 1 doirasidagi safar uchrashuvida parijliklar 1:3 hisobida yutqazdi. Final hushtagidan so‘ng Dembele jamoa o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatga asos bo‘lgan birdamlikni yo‘qotganini ishora qildi.

«Men hech qachon futbolchining o‘zini klubdan ustun qo‘yishiga yo‘l qo‘ymayman — bu yerda hammasi aniq. Jamoa uchun mas’uliyat men zimdamda: na klub prezidenti, na sport direktori. Dembeleming bu gaplari hozircha hech narsani anglatmaydi, ular endigina yutqazilgan o‘yindan keyingi hissiyotlar», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

Qayd etish joiz, juma kungi bahsda «PSJ»ning yagona goliga aynan Usmon Dembele mualliflik qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.