Del Pyero Yildyzga maslahat berishga hojat yo‘qligini aytdi

“Yuventus” afsonasi Alessandro del Pyero hujumchi Kenan Yildyz haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Del Pyeroning ta’kidlashicha, u Kenanga alohida maslahat bermaydi, chunki futbolchi allaqachon yetuk va oqilona qaror qila oladigan inson. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yildyz doimiy ravishda o‘z ustida ishlashga intilayotganini amalda ko‘rsatmoqda, “Yuventus”dagi faoliyatini esa maqsadga intilish va insoniy fazilatlar bilan qurmoqda. Del Pyero bu sifatlar eng yuqori marralarga chiqish uchun asosiy poydevor ekanini qayd etdi.
Joriy mavsumda Kenan Yildyz “qari sinyora” safida barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuv o‘tkazib, 9 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













