Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi

Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining yaqinlashib kelayotgan uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida klubining so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yuborgandi, biroq endi maydonga qaytish bo'yicha yakuniy qarorini qabul qildi. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, portugaliyalik yulduz shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi bellashuvda o'ynashga tayyor. Hujumchi jamoa bilan birga o'yin bo'lib o'tadigan El-Hasaga allaqachon yetib borgan.

Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Hozirda «Al-Nasr» Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.