Djikija Antalyaspor klubidagi holati haqida fikr bildirdi

Djikija Antalyaspor klubidagi holati haqida fikr bildirdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikija Turkiyadagi faoliyati va klubdagi vaziyati yuzasidan qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari "FNL s Ilyovym" telegram-kanali e'lon qilgan videoda keltirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Djikijidan "Antalyaspor"dagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoit va muhit o'zini to'liq qoniqtirayotganini tabassum bilan qo'shimcha qildi.

Eslatib o'tamiz, Djikija o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga qo'shilgan. Shundan beri u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.