Borussiya ketma-ket 15 o'yinda gol urib, Bundesliga rekordini takrorladi

Germaniya chempionatining 23-tur uchrashuvlari boshlandi. Dortmundning «Borussiya» jamoasi «Maynts»ga qarshi bahsda ishonchli g'alabaga erishib, raqib darvozasiga javobsiz to'rtta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu natija «Borussiya» uchun yana bir muhim ko'rsatkichni ham anglatdi: jamoa Bundesligada ketma-ket 15-o'yinda ham gol urdi va shu tariqa musobaqa rekordini takrorladi.
Qizig'i, bu rekordlar ro'yxatida odatda tez-tez tilga olinadigan Myunxenning «Bavariya»si yo'q. Avvalroq Bundesligada 15 o'yin ketma-ket gol urish seriyasini «Gamburg» 1980 yilda qayd etgan, 2013 yilda esa Yurgen Klopp boshchiligidagi «Borussiya» ham ayni natijani takrorlagan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













