Al-Hilol Nunesni ro'yxatdan chiqardi, Benzema kiritildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni tarkib qaydnomasidan chiqarib, klubga kelib qo'shilgan Karim Benzemani ro'yxatga kiritdi. Shunga qaramay, Nunes Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun jamoa ro'yxatida qoldirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etib kelinadi va hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Shuningdek, 2022 yil Qatarda o'tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













