Ronaldu boykotdan keyin tarkibga qaytdi va asosiyda

Ronaldu boykotdan keyin tarkibga qaytdi va asosiyda

Krishtianu Ronaldu yana «Al-Nasr» safida. Shanba kuni jamoa Saudiya Arabistoni Pro-ligasida safarda «Al-Fateh»ga qarshi maydonga tushadi va portugaliyalik yulduz uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Nasr»ning ushbu o'yindagi boshlang'ich tarkibi quyidagicha: Bento, Al-Ganam, Simakan, Martines, Al-Amri, Al-Xaybari, Brozovich, Koman, Mane, Felish, Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, 41 yoshli hujumchi Pro-ligadagi «Al-Nasr»ning avvalgi ikki o'yinini o'tkazib yuborgandi. OAVda Ronaldu klub boshqaruvidan norozi bo'lgani sabab uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yinni matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo'ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.