Ikardi «Eyupspor»ga xet-trik qilib rekord o‘rnatdi

Ikardi «Eyupspor»ga xet-trik qilib rekord o‘rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida «Galatasaray» o‘z maydonida «Eyupspor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Uchrashuvning eng yorqin qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘lib, u uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ikardining bu xet-triki «Galatasaray» tarixidagi muhim natijani ham ta’minladi: u klub tarixidagi eng sermahsul legioner to‘purarga aylandi. Mauro endi 76 ta gol bilan ruminiyalik Gheorghe Hagi (75)ni ortda qoldirdi. Klub to‘purarlarining umumiy ro‘yxatida esa argentinalik futbolchi hozircha yettinchi pog‘onada bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon «Galatasaray» safida to‘p tepmoqda. U bungacha faoliyatini Fransiyaning «PSJ» klubida davom ettirgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.