Kurtua Trentning kuchi anchadan beri ko'rinib turardi

Kurtua Trentning kuchi anchadan beri ko'rinib turardi

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning maydondagi harakati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik futbolchi La Liganing shanba kungi “Real Sosyedad”ga qarshi uchrashuvida (4:1) jamoa yetakchilaridan biri bo‘ldi. 27 yoshli himoyachi Gonzalo Garsiyaga gol uzatmasini berib, bahsdagi ilk to‘p muallifiga assist yozdirib qo‘ydi.

“Trentda juda yuqori saviya borligi allaqachon ma’lum edi. U biz uchun juda foydali. Bugun uzatmalari juda aniq chiqdi — birinchi gol epizodini eslang. Hamma sog‘lom bo‘lsa, jamoa ancha kuchli bo‘ladi, shunda futbolchilarni o‘z joyidan boshqa pozitsiyalarda o‘ynatishga hojat qolmaydi”, — dedi Kurtua o‘yindan keyingi intervyusida.

Aleksander-Arnold “qirollik klubi” safida dekabr boshidan beri ilk bor start tarkibida maydonga tushdi. “Liverpul”ning sobiq futbolchisi yaqinda jarohatdan so‘ng safga qaytgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.