Ikardi «Galatasaray» tarixida eng sermahsul legioner bo‘ldi

Ikardi «Galatasaray» tarixida eng sermahsul legioner bo‘ldi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida «Galatasaray» «Eyupsor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘ldi: u uchta gol urib, jamoasiga ishonchli g‘alaba olib keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu xet-trik orqali Ikardi klub tarixidagi eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchi sifatida yangi rekord o‘rnatdi. U bu ko‘rsatkichda ruminiyalik Georgi Hajini ortda qoldirdi: Haji «Galatasaray» safida 75 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Ikardining hisobida endi 76 gol bor. Umumiy to‘purarlar ro‘yxatida argentinalik futbolchi hozircha yettinchi pog‘onada bormoqda. Eslatib o‘tamiz, Ikardi 2023 yildan beri turk grandida o‘ynaydi, undan avval esa «PSJ»da to‘p surgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.