Ronaldu maydonga qaytdi va darhol gol urdi

Ronaldu maydonga qaytdi va darhol gol urdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohatdan keyingi qaytishini gol bilan nishonladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida ketma-ket ikki o‘yinda maydonga tushmagan edi, biroq qaytgan zahoti o‘z so‘zini dedi: u «Al-Fateh» darvozasini 18-daqiqadayoq ishg‘ol qildi. Uchrashuv «Al-Nasr»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin tugaganidan so‘ng 41 yoshli yulduz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qisqa izoh qoldirdi: «Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak».

Ar-Riyod jamoasi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.