Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga yangi nomzodni e’lon qildi — endilikda bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, Rikelme faoliyatida «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibini zudlik bilan kuchaytirish zarurati bor va Delgado hamda Rikelme oldida aynan shu yo‘nalishda jiddiy ishlar turibdi.

Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan, 1998 yilgi jahon chempionati bahslarida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores Kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Delgado bu sovrinni Braziliyaning «Santos» klubidan Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.