Krishtianu Ronaldu qaytib, gol bilan o'zini eslatdi

Krishtianu Ronaldu qaytib, gol bilan o'zini eslatdi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytgan uchrashuvini gol bilan bezadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki bahsda jamoasiga yordam bera olmagan edi. Biroq qaytishi bilan darhol natija ko‘rsatdi: “Al-Fateh” darvozasini 18-daqiqada ishg‘ol qildi. Uchrashuv “Al-Nasr”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin tugaganidan ko‘p o‘tmay, 41 yoshli Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda: “Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak”, — deb yozdi.

Er-Riyod klubi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Al-Hilol”dan atigi bir ochko ortda qolgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.