Bellingem faoliyatidagi eng og'ir armonini aytdi

Bellingem faoliyatidagi eng og'ir armonini aytdi

Madriddagi «Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem karerasida hanuz unutolmayotgan eng og'riqli omadsiz lahzasi haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik futbolchi Dortmundning «Borussiya»si safida o'ynagan paytida Bundesligada chempionlik so'nggi turda qo'ldan chiqib ketganini esladi. «Maynts» ustidan g'alaba «asalarilar»ni chempion qilardi, biroq uchrashuv 2:2 hisobida yakunlanib, oltin medallar yana «Bavariya»ga nasib etdi.

«Hali ham ortimdan quvib yuradigan omadsizlikmi? «Borussiya» bilan mavsumning so'nggi kunida boy berilgan chempionlik. Eslatganingiz uchun rahmat», — Madrid Zone nashri futbolchining javobini keltirdi.

Bellingem 2023 yilning yozida, Germaniyadagi o'sha dramatik yakundan ko'p o'tmay, Dortmunddan «Real»ga ko'chib o'tgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.