Yuventus Senesi bo'yicha muzokara o'tkazdi, unga grandlar qiziqmoqda

Yuventus Senesi bo'yicha muzokara o'tkazdi, unga grandlar qiziqmoqda

Turinning «Yuventus» klubi «Bornmut» markaziy himoyachisi Markos Senesini tarkibga qo'shish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentinalik futbolchi muddati yakunlanayotgan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan va mavsum tugagach erkin agentga aylanadi. Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, yaqinda «Yuventus» vakillari 28 yoshli himoyachining agentlari bilan uchrashib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilgan. Turin klubi Senesiga to'rt yillik bitim va yiliga 3 mln yevro maosh taklif etishga tayyor.

Senesining vaziyatini «Barselona», Madridning «Atletiko»si, «Manchester Yunayted» hamda bir nechta nomi oshkor etilmagan ingliz klublari ham kuzatib bormoqda. Dortmundning «Borussiya»si esa «Yuventus»nikidan ham yaxshiroq shartlarni taklif qilgani aytilmoqda, biroq futbolchi hozircha ijobiy javob bergani yo'q.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.