Ikardi xet-trik bilan Galatasaray rekordini yangiladi

Ikardi xet-trik bilan Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyupspor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘ldi: u uchta gol urib, jamoasiga ishonchli g‘alaba olib keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ikardining bu o‘yinidagi gollari unga «Galatasaray» tarixidagi eng sermahsul legioner unvonini ham taqdim etdi. U ruminiyalik Georgi Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining hisobida 75 gol bo‘lgan bo‘lsa, Mauro endi 76 gol bilan yangi rekord egasiga aylandi.

Klubning umumiy to‘purarlari ro‘yxatida Ikardi hozircha yettinchi o‘rinda bormoqda. Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2023 yildan beri Turkiyaning «Galatasaray» klubi safida to‘p suradi, bundan avval esa «PSJ» sharafini himoya qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.