Garri Keyn 21 asrda penaltilar bo‘yicha kuchli uchlikda

Garri Keyn 21 asrda penaltilar bo‘yicha kuchli uchlikda

“Bavariya” hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltisini aniq amalga oshirdi. Angliyalik forvard Germaniya Bundesligasida “Verder”ga qarshi uchrashuvda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. O‘sha o‘yinda 32 yoshli futbolchi umumiy hisobda 500-gol marrasiga ham yetdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn 21 asrda penaltidan 100 ta gol urgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko‘rsatkichda undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yilda “Tottenhem”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan. U faoliyatining katta qismini London klubida o‘tkazgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.