APLda eng yuqori seyv foizi Aston Villada qayd etildi

APLda eng yuqori seyv foizi Aston Villada qayd etildi

Birmingemning «Aston Villa» klubi posboni Emiliano Martines Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida seyvlar foizi bo‘yicha eng yaxshi darvozabon sifatida ajralib turibdi. Football Insider xabariga ko‘ra, jahon chempioni bo‘lgan Martines hozircha liga darvozabonlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich — 77% seyv foizini qayd etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martines bu mavsumda klub safida jami 28 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi, shundan 22 tasi Premyer-liga doirasida. Aynan APLdagi ushbu 22 o‘yinda u atigi 19 ta gol o‘tkazib yuborgan.

«Aston Villa» esa turnir jadvalida yetakchilar safida qolmoqda: birmingemliklar 50 ochko bilan APLda sof uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.