Agent Golovinning Monakodan ketish ehtimolini baholadi

Agent Golovinning Monakodan ketish ehtimolini baholadi

Futbol agenti Paulu Barboza rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovinning 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «Monako»ni tark etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, bunday ssenariy real: agar Golovin hozirgi darajada o‘yin ko‘rsatishda davom etsa, Yevropaning top-klublaridan jiddiy takliflar kelib tushishi ehtimoli bor.

«U hozir qanday o‘ynayotgan bo‘lsa, mavsum oxirida albatta qiziqarli takliflar bo‘lishi mumkin», — deya Barbozaning so‘zlarini «Match TV» keltirdi.

2025/2026 yilgi mavsumda Golovin 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Yarim himoyachining «Monako» bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.