Franchesko Totti Mourinyu bilan ishlamaganidan afsuslandi

Franchesko Totti Mourinyu bilan ishlamaganidan afsuslandi

Rimning “Roma” klubi sobiq sardori Franchesko Totti faoliyati davomida portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu qo'l ostida ishlay olmaganidan afsusda ekanini aytdi. Mourinyu keyinroq rimliklar bilan ishlagan bo'lsa-da, bu davr Tottiga taalluqli emas: afsona futbolchi 2017 yilda karyerasini yakunlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tottining ta'kidlashicha, agar Mourinyu bilan birga ishlaganida, maydondagi imkoniyatlarini yanada to'liq ochib bera olardi. U murabbiyning ochiqko'ngil ekani, futbolchilarga maydonda erkinroq o'ynash va zavq olish imkonini berishini, eng muhimi esa jamoani juda yaxshi boshqarishini alohida qayd etdi.

“Roma” hozir A Seriyada beshinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.