Kassano Milan uslubi 80-yillardek ko'rinishini aytdi

Kassano Milan uslubi 80-yillardek ko'rinishini aytdi

Italiya A Seriyasi sobiq hujumchisi Antonio Kassano "Milan"ni keskin tanqid qilishi bilan tanilgan. U yildan yilga "rossoneri"dagi muammolarni ochiq aytib keladi va bu safar ham yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri qurayotgan o'yindan ijobiy jihat topmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kassano fikricha, "Milan" joriy yil ichida atigi uchta uchrashuvda munosib futbol ko'rsatgan: "Bolonya"ga qarshi ikki bahs va "Udineze" bilan o'yin. Uning ta'kidlashicha, jamoada o'yin g'oyasi sezilmayapti, boshqa klublarda esa aniq uslub bor, "Milan" esa go'yo 80-yillar futbolida qolib ketgandek harakat qilmoqda.

Ayni paytda "Milan" A Seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa chorshanba kuni "Komo"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.