Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Huniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado kelganini rasman e’lon qildi. Endilikda u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme yaqin transferlar bozorida jiddiy ish olib borishi kutilmoqda.

Delgado futbolchi sifatida ham salmoqli tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores Kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — bu natijani Braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.