Del Pyero Bastonining uzr so'rashiga munosabat bildirdi

Del Pyero Bastonining uzr so'rashiga munosabat bildirdi

"Yuventus"ning sobiq hujumchisi Alessandro del Pyero "Inter" himoyachisi Alessandro Bastonining uzr so'rashiga izoh berdi. Bastoni jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuvda "keksa sinyora" futbolchisi Per Kalulyu maydondan chetlatilgani paytida hissiyotlarini oshkora namoyish qilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Del Pyeroning aytishicha, Bastonining bu qadami to'g'ri qaror bo'lgan. U voqeadan keyin vaziyatni xolis baholab, o'z xatosini tan olgani futbolchi uchun obro' keltirishini ta'kidladi. "Hech kim ideal emas, lekin aynan xatolar insonni yaxshiroq qiladi", — deya del Pyeroning so'zlarini TuttoJuve keltirdi.

Eslatib o'tamiz, "Inter" — "Yuventus" o'yini o'tgan dam olish kunlari bo'lib o'tdi. Safarda maydonga tushgan turinliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.